Ошкозон ости бези панкреатит

Pankreatit (lot. pancreatitis, qad.-yun. πάγκρεας — me’da osti bezi + -itis — yallig’lanish)- oshqozon osti bezi yallig’lanishi kuzatiladigan kasalliklar va sindromlar guruhidir. Klinik tasvirga qarab, o’tkir va surunkali pankreatit shakllari ajratiladi. Pankreatitning bu ikki shakli kelib chiqish mexanizmi, etiologiyasi, davolash asoslari va prognozi bo’yicha farq qiladi.

Oshqozon osti bezi yallig’lanishi nima?

Ushbu bezning asosiy vazifasi — hazm qilish jarayonida ishtirok etadigan fermentlar va bikarbonatlar bilan pankreatik shira ishlab chiqarishdir. Ovqatlanish kutilganda va ovqat oshqozonga tushaginda fermentlar va sharbatlar oshqozon osti bezidan bog’lovchi naycha orqali ingichka ichakka o’tadi, u oziq moddalarni fermentativ qayta ishlash jarayonini ta’minlaydi, modda almashinuviga jalb qilinib, ingichka ichak devorlari orqali ozuqa moddalari so’rilishini osonlashtiradi. Pankreatik suyuqlik me’da shirasining kislotali muhitini ichakda neytrallashtiradi, bu yerda hazm qilish fermentlari faollashadi va moddalarni parchalanish va ishlov berish funktsiyalarini bajarishni boshlaydi.

Meda osti bezi tomonidan ishlab chiqariladigan asosiy hazm qilish fermentlari quyidagilardir:

  • Amilaza — kraxmalni shakarga aylantirishga yordam beradi;
  • Lipaza — yog’larni parchalaydigan ferment;
  • Tripsin, ximotripsin — oqsillarning parchalanishida ishtirok etadigan fermentlar;
  • Insulin, polipeptid, glukagon va boshqalar.

Pankreatit kasalligi rivojlanishi sabablari — hazm qiluvchi (pankreatik) shiraning me’da osti bezidan o’n ikki barmoqli ichakka quyilishining buzilishlari sanaladi. Chiqish yo’llarining qisman yoki to’liq to’silib qolishi sababli shiraning bez ichida qolib ketishida, shuningdek, ichak tarkibining shira yo’llariga otilishida, fermentlar muddatidan oldin faollashadi va yaqin atrofdagi to’qimalarni hazm qila boshlaydi. Oshqozon osti bezi yallig’lanishida shira va fermnetlarning ushlanib qolishi birinchi navbatda bezning to’qimalariga ta’sir o’tkazadi, ammo, uzoq muddat ta’sir etganda to’planib qolgan shira va fermentlarning salbiy ta’siri shuningdek atrofdagi to’qimalar, a’zolar va qon tomirlarga ham tarqaladi.

Parchalanayotgan hujayralar hazm qilish fermentlari faolligini oshiradi, natijada shikastlovchi jarayon yanada kengroq hududlarni qamrab ola boshlaydi. Ba’zan, me’da osti bezi nekrozi bilan kechadigan og’ir hollarda, pankreatit o’limga olib kelishi mumkin.

Hazm qilish shirasi va fermentlarning maksimal miqdori uglevodli ovqatni qayta ishlash uchun kerak. Yog’li ovqatlarni haddan tashqari iste’mol qilish, ayniqsa, ziravorlarga boy bo’lganlarini, shuningdek alkogolni suiiste’mol qilish fermentlarni oshqozon osti bezida ushlanib qolishga sabab bo’ladi. Hazm qiluvchi fermentlar va sharbatni ushlanib qolishining sabablari boshqa omillar bo’lishi ham mumkin.

Kattalarda pankreatit rivojlanishi

Kattalarda kasallikning tarqalganligi bo’yicha statistik ma’lumotlar iqlim, turli mamlakatlarda qabul qilingan ovqatlanish xususiyatlari, spirtli ichimliklar ichish an’analariga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Shuningdek, ayol va erkaklarning kasallanishi sezilarli farq qiladi, rivojlanishi mexanizmi jihatidan ham, uni keltirib chiqargan sabab bo’yicha ham.

Pankreatit rivojlanishi mumkin bo’lgan asosiy xavf guruhi kattalardan iborat bo’lib, bu ko’p spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, muvozanatsiz oziqlanish va buning oqibatida rivojlanadigan kasalliklarga bog’liq.

Erkaklarda kasallikning rivojlanishi sabablari

Erkaklarda birlamchi pankreatit rivojlanishida ko’pincha spirtli ichimliklar va yog’li, yarim tayyor ovqatlarni iste’mol qilish ustunligi «trigger» bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, erkaklarda kasallikning o’ziga xos xususiyati surunkali shakl, xarakterli alomatlar va kuchayishlarni e’tiborga olmaslik, gastroenterologga kech murojaat qilish bois «o’tib ketgan» pankreatit qayd qilinishidir.

Ayollarda pankreatitning etiologiyasi

Ayollarda pankreatitning quyidagi sabablari ko’p uchraydi:

  • Pankreatit va xolesistit rivojlanishiga olib keladigan o’t-tosh kasalligi;
  • Me’da osti bezining yallig’lanish jarayonlariga sabab bo’ladigan gormonal o’zgarishlar va buzilishlar: homiladorlik, menopauza, gormonal kontratseptivlarni qo’llash;
  • Ochlik, sog’likka ziyon yetkazadigan parhezlarga amal qilish.

Kattalarda kasallikning reaktiv shakllari sababi

Ikkilamchi yoki reaktiv pankreatit mavjud kasalliklar fonida va qorin bo’shlig’ining shikastlanishlari, jarrohlik aralashuvi va boshqa sabablarga ko’ra rivojlanadi. Reaktiv pankreatitning rivojlanishiga yordam beruvchi eng tez-tez uchraydigan omillar hazm qilish tizimining kasalliklari hisoblanadi, ularga:

  • Noinfektsion gepatit;
  • O’t-tosh kasalligi;
  • Gastrit;
  • Jigar sirrozi;
  • Safro yo’llari diskineziyasi;
  • Ichak infektsiyalari kiradi.

Bolalarda pankreatitning sabablari

Bolada pankreatit rivojlanishi sababini aniqlash bilan bolalar gasteroenterologi shug’ullanadi. Bolalik yoshi tufayli oshqozon osti bezidagi yallig’lanish jarayonlarining etiologiyasi kattalarda kasallik rivojlanishi mexanizmlaridan farq qiladi.

Bolalarda pankreatit ko’pincha jarohat, jarrohlik amaliyoti tufayli oshqozon osti bezi kanallari va / yoki uning to’qimalariga zarar yetishining natijasi hisoblanadj. Pankreatik shira ko’p ishlab chiqarilishiga irsiy moyillik, mukovistsidoz (ichak, o’pka, aralash shakli), oziq-ovqatga allergiya, organizmdagi surunkali yallig’lanish jarayonlari, parotit va boshqa kasalliklar oqibatlari, hazm qilishning boshqa kasalliklari va buzilishlari ham o’smirlar va bolalarda pankreatit rivojlanishiga sabab bo’ladi.

Pankreatitning tasnifi va rivojlanishi sabablari

Pankreatitning alomatlari, kasallikning rivojlanish mexanizmi, tashxislash va davolash usullari bir necha asrlar davomida mutaxassislarni o’rganish ob’yekti bo’lib kelmoqda. Diagnostik usullar, tadqiqot imkoniyatlari takomillashishi va tajriba to’planishi jarayonida, klinik belgilarning xususiyatlari, to’qimalarning shikastlanishi, kelib chiqish sabablari va boshqalar asosida pankreatitning bir necha turlari tasniflangan.

Hozirgi kunda kasallikning etiologiyasi, kasallikning shakl va kechish xususiyatlari bo’yicha tasnifi mavjud.

Kasallikning kelib chiqishi sababiga ko’ra tasnifi

Kasallikning rivojlanishi sababi bo’yicha birlamchi va ikkilamchi pankreatit farqlanadi. Kasallikning birlamchi shakli me’da osti bezi to’qimalarining shikastlanishi fonida rivojlanadi. Destruktiv jarayonlarning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

  • Alkogolli ichimliklarni suiiste’mol qilish (kasallikning 40 foizdan 70 foizgacha hollarida), sigareta chekish;
  • Jarohatlar, jarrohlik aralashuvlari, diagnostik muolajalar tufayli me’da osti bezining shikastlanishlari;
  • Oshqozon osti beziga agressiv ta’sir qiluvchi dorilarni uzoq muddat, ayniqsa, nazoratsiz qabul qilish (ba’zi antibiotiklar (tetratsiklinlar), estrogen saqlovchi preparatlar, glyukokortikosteroidlar, asetilsalitsil kislota (Aspirin), sulfanilamidli preparatlar, ayrim diuretiklar va boshqalar);
  • Oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalar bilan zaharlanish;
  • Pestitsidlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan qayta ishlangan, sintetik qo’shimchalari ko’p bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish;
  • Hazm qilish tizimi kasalliklariga genetik moyillik, oshqozon osti bezi rivojlanishining tug’ma patologiyalari;
  • Yog’li va achchiq taomlar ustun bo’lgan taomnoma, ayniqsa ular juda och qoringa iste’mol qilinsa.

Kasallikning birlamchi shakli har qanday yoshda rivojlanishi mumkin. O’z vaqtida tashxis qo’yilishi va davolashning boshlanishi oshqozon osti bezi to’qimalarida vayronkor jarayonlarni to’xtatishi yoki sekinlashtirishi, a’zoning yo’qotilgan vazifalarini tiklashi va jiddiy asoratlarni oldini olishi mumkin.

Ikkilamchi, reaktiv pankreatit haqida kasallikning etiologiyasida asosiy sabab sifatida oshqozon-ichak traktining boshqa kasalliklari tashxislanganida gapiriladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, reaktiv pankreatitning eng ko’p uchraydigan sababi xolelitiaz (o’t-tosh kasalligi) hisoblanadi. Bundan tashqari, ikkilamchi pankreatitga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:

  • Infektsion kasalliklarning provokativ ta’siri (virusli gepatitlar, dizenteriya, sepsis, surunkali yallig’lanish o’choqlari mavjudligi, masalan tonzilitda);
  • Qandli diabet;
  • Irsiy kasalliklar, xususan, mukovistsidoz va Kron kasalligi;
  • Yurak-tomir tizimi kasalliklari;
  • Safro chiqishi yo’llarining parazitar invaziyalari.

Bunda kasallikning rivojlanishi sababini tashxislash qiyin bo’ladi. Davolashning samaradorligi birlamchi sababni bartaraf etishga bog’liq.

Pankreatitni kasallikning shakli va kechishi xususiyatlari bo’yicha tasniflash

Yallig’lanish jarayoni oshqozon osti bezi vazifalarining qisman yoki to’liq yo’qotilishiga olib keladi. Ushbu bez hujayralarining destruktsiyasi qaytarib bo’lmaydigan jarayonlar bilan tahdid soladi. Inson tanasida me’da osti bezini o’rnini bosishga qodir boshqa a’zo yo’q.

Kasallikning belgilari va shakliga qarab o’tkir va surunkali pankreatit farqlanadi. Kasallikning shakllari klinik tasvir, davolanish usullari va sog’lik uchun asoratlari bilan farqlanadi.

O’tkir pankreatit — shiddatli rivojlanayotgan yallig’lanishli kasallik bo’lib, u to’qimalarda va bez tuzilmasida qaytarib bo’lmaydigan jarayonlar, destruktsiya bilan kechadi va hatto o’limga sabab bo’lishi mumkin. O’tkir shaklda pankreatik shiralar bezning o’zida saqlanib qoladi va faollashib, uning hujayralarini parchalay boshlaydi.

Kasallikning bunday kechishida a’zo sezilarli darajada zarar ko’radi va shish kuzatiladi. Asosiy xavf guruhi 30-60 yosh oralig’idagi kishilar, ammo quyidagi salbiy omillar natijasida o’tkir pankreatit bolalarda ham rivojlanishi mumkin:

  • Ovqatlanish tartibi bo’lmasligi;
  • Taomonomada yog’li va achchiq ovqatlar, yarim tayyor mahsulotlar, fast-fudlar ustun bo’lishi;
  • Qorin bo’shlig’ining o’tmas jarohatlari;
  • Oshqozon-ichak tizimining gelmintli invaziyalari;
  • O’t pufagi, uning kanallari, o’n ikki barmoqli ichak, me’da osti bezi kanallari rivojlanishining tug’ma anomaliyalari;
  • Irsiy kasalliklar va moyilliklar, infektsion kasalliklar.
Читайте также:  Чеснок петрушка лимон панкреатит

Bolalikda pankreatitning o’tkir shakli, odatda, kamroq sezilarli alomatlarga ega. Kasallikning klinik ko’rinishi, tashxislash usullari va davolash tamoyillari kattalardagi o’tkir destruktiv pankreatitnikidan farq qiladi.

Me’da osti bezining surunkali yallig’lanishi xususiyatlari

Surunkali pankreatit haqida kasallik kuchayishi va remissiya davrlari bilan kechganida gapiriladi. Kasallik progressiyasi bilan oshqozon osti bezi yetishmovchiligi rivojlanadi: bez to’qimasi o’zgaradi va uning o’rnini ferment va shira ishlab chiqarishga qodir bo’lmagan biriktiruvchi to’qima egallay boshalydi. Fermentlarning yetishmovchiligi ovqat hazm qilish tizimi faoliyatida buzilishlarga olib keladi. Kasallikning bu turi turli yoshdagi bemorlarda kuzatiladi.

Surunkali kasallikning ikki bosqichi mavjud. Boshlang’ich bosqich yengil simptomatika bilan ifodalanadi va insonning turmush tarzi va umumiy salomatligiga qarab bir necha yil davom etishi mumkin. Dastlabki bosqichdan  keyingi bosqichda oshqozon osti bezi vazifasining buzilishlari ancha sezilarli bo’ladi va kasallik bemorni deyarli doimo bezovta qiladi. Surunkali shaklning kuchayishiga asosan achchiq, yog’li yoki qovurilgan ovqatlar, gazlangan va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish sabab bo’ladi, ayniqsa, ular och qoringa qabul qilinsa.

Pankreatit alomatlari va belgilari

Pankreatitning o’tkir va surunkali shakllari alomatlari, shuningdek ularning xususiyatlari va qoldirishi mumkin bo’lgan asoratlari farq qiladi. Surunkali pankreatitning alomatlari ko’pincha zaif ifodalanadi, ammo kasallik kuchayishida ancha yorqin namoyon bo’ladi. O’tkir shaklning klinik ko’rinishida tezda shifokorga murojaat qilish kerak, nafaqat davolanish uchun, balki kasallikni alomatlari o’xshash bo’lgan o’tkir xoletsistit, appenditsitdan differentsial tashxislash uchun ham.

O’tkir bosqichining alomatlari

O’tkir pankreatitda fermentlar bevosita oshqozon osti bezida faollashib, uning hujayralariga ta’sir qila boshlaydi. Shunday qilib, yog’larni parchalaydigan lipaza fementi ta’siri to’qimalarning yog’li distrofiyasiga olib keladi. Oqsillarni hazm qilishga yordam beruvchi tripsin fermenti, turli xil kimyoviy reaktsiyalarni yuzaga keltirib, bez to’qimalarining shishishi va hujayralarining nekroziga sabab bo’ladi.

Destruktsiyaning birinchi bosqichida nekroz aseptik, mahalliy bo’ladi, ammo tezkor davolashsiz yaqin atrofdagi a’zolarni qamrab oladi, infektsiyalar birlashsa, yangi yallig’lanish o’choqlari shakllanadi, yiringli asoratlar yuzaga keladi.
O’tkir pankreatitning umumiy belgilari:

  • O’ng yoki chap qovurg’a ostida lokalizatsiyalanadigan o’rab oluvchi tabiatli og’riq. Og’riq kuchli bo’ladi va og’riq qoldiruvchi dorilar qabul qilganda ham qolmaydi. Og’riq sindromi shu qadar kuchli bo’lishi mumkinki, u og’riqli shok, hushni yo’qotish va hatto o’limga olib kelishi mumkin. Xuruj davomiyligi bir soatdan bir necha kungacha bo’lishi mumkin;
  • Ishtahaning batamom bo’lmasligi, ko’ngil aynishi, ahvolni yengillashtirmaydigan qayt qilishlar. Qayt qilish massasida safro aralashgan oshqozon tarkibi kuzatiladi;
  • Tananing gipertermiyasi (38 °C dan ortiq), puls (daqiqasiga 90 dan yuqori) va nafas olishning tezlashuvi;
  • Jig’ildon qaynashi, hiqichoq tutishi, kerkirish, og’iz qurishi;
  • Tilda oq yoki sariq rangli karash hosil bo’lishi;
  • Qorin devorining tarangligi;
  • Diareya, qabziyat, axlatda hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari bo’lishi;
  • Teri qoplami rangining o’zgarishlari: oqligi, ko’kligi, sariqligi (mexanik sariq kasallik tufayli);
  • Qon bosimining o’zgarishi — uning ko’rsatkichlari oshishi yoki kamayishi mumkin;
  • Umumiy ahvolning yomonlashuvi, tana vaznining tez yo’qolishi, kuchli terlash.

Kasallikning surunkali shakli kuchayishi belgilari

Surunkali pankreatit kuchayishlarida og’riq xurujlari o’tkir pankreatitda bo’lgani singari bo’ladi va yallig’lanishning joylashuvi va kasallik bosqichiga qarab bel, kuraklar, to’shga tarqalishi mumkin. Og’riqning oldinga egilganda, cho’kkalab o’tirganda pasayishi kuzatiladi. Surunkali pankreatit kuchayishida og’riq sindormidan tashqari quyidagi alomatlar kuzatilishi mumkin:

  • Ferment yetishmovchiligi tufayli hazm qilish tizimining buzilishi, qorin damlanishi, ko’ngil aynishi, diareya, kekirish, qusish;
  • Tana vaznining pasayishi, umumiy ahvolning yomonlashuvi. Terining quruqligi, tirnoq plastinkalarining xiralashishi, kamqon ko’rinish, avitaminoz belgilari, tez charchash. Bularning barchasi oqsil, uglevod va yog’ almashinuvining buzilishi, shuningdek hazm bo’lmagan ovqatning parchalanishidan ajralib chiqqan moddalar bilan organizmning intoksikatsiyasi natijasi hisoblanadi;
  • Ichak mikroflorasiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan bakteriyalarning faollashishi va ko’payishi natijasida meteorizm, surunkali ich ketishlari, ich qotishlari.

Surunkali pankreatit sezilari kuchayishining klinik ko’rinishi o’tkir shaklga o’xshaydi. Kasallikning to’satdan kuchayishi natijasida oshqozon osti bezi to’qimalarning nekrozi rivojlanishi mumkin, bu esa o’tkir og’riqlarni keltirib chiqaradi va shoshilinch tibbiy aralashuv va bemorni kasalxonaga yotqizishni talab qiladi.

Pankreatitning asoratlari

Pankreatitning deyarli har qanday shakli o’z vaqtida davolanishni boshlasa, to’liq tuzalishga olib kelmasada, mumkin bo’lgan asoratlarni sezilarni darajada kamaytirish va bez to’qimalarining destruktsiyasini sekinlashtirish imkonini beradi.

O’tkir pankreatit yoki surunkali shaklning kuchayishi juda qisqa vaqt ichida sog’liqqa sezilarli darajada zarar yetkazishi va hatto o’limga olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, surunkali pankreatit, hatto klinik ko’rinishi xira bo’lgan shaklda ham xavfli hisoblanadi. Hujayralarning shikastlanib borishi bilan, bez to’qimalari o’rni biriktiruvchi to’qimalar bilan almashadi va bez asta-sekin o’z vazifasini bajara olish qobiliyatini yo’qotib boradi.
Surunkali pankreatitning asosiy asoratlariga quyidagilar kiradi:

  • Me’da osti bezi yetishmovchiligi natijasida rivojlanadigan qandli diabet (insulinning kam ishlab chiqarilishi bilan bog’liq);
  • Umumiy charchash, tananing surunkali intoksikatsiyasi;
  • Oshqozon osti bezining abstsessi;
  • O’pkaviy asoratlar;
  • Pankreatogen astsitning rivojlanishi;
  • Oshqozon-ichak trakti a’zolarining boshqa kasalliklari va disfunktsiyalari (xoletsistit, o’n ikki barmoqli ichak yarasi);
  • Bez to’qimalarida kista hosil bo’lishi;
  • O’t yo’llarining siqilishi natijasida mexanik sariq kasallik;
  • O’lim.

Yallig’lanishning kuchayishida bezning o’zida va qo’shni a’zolar va to’qimalarda infektsion jarayonlar rivojlanishi mumkin. Oshqozon osti bezining katta aorta yaqinida joylashgani yallig’lanishning, infektsiyalarning tez tarqalishiga, nekrozga uchragan to’qimalarning parchalanishi mahsulotlari bilan umumiy intoksikatsiyalanishga hissa qo’shadi. Kerakli davolash choralari bo’lmasa, parhez qoidalariga qat’iy rioya qilinmasa, pankreatitda abstsesslar rivojlanishi, qon ketishlar kuzatilishi mumkin.

O’tkir pankreatitning erta va kech asoratlari

O’tkir shaklda namoyon bo’lgan pankreatitda asoratlar tezda namoyon bo’lishi yoki keyinchalik rivojlanishi mumkin. Xuruj boshida rivojlanadigan erta asoratlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Oshoqozon-ichak traktining barcha a’zolari to’qimalarida kislorod yetishmovchiligiga olib keladigan gipovolemik shok;
  • Hazm qilish fermentlarining toksik ta’siri natijasida jigar va buyrak yetishmovchiligi;
  • Yallig’lanish jarayoniga infektsiya birlashgani fonida rivojlanadigan aseptik yoki yiringli peritonit;
  • Yurak-tomir, nafas yetishmovchiligi va boshqa asoratlar.

O’tkir tabiatli pankreatitida kech asoratlarning rivojlanishi asosan infektsiyaning qo’shilishi fonida yuz beradi. Pankreatitning eng ko’p uchraydigan kech asoratlari orasida sepsis, qorin bo’shlig’i abstsesslari, hazm qilish tizimi a’zolarida fistula shakllanishi, yiringli yallig’lanish, oshqozon osti bezida psevdokistalar shakllanishi, ichki qon ketish va boshqalar mavjud. Pankreatitning o’tib ketgan shakllarida yuqori statistik o’lim darajasi (15 dan 90% gacha), ayniqsa alkogolli intoksikatsiya oqibatida, ushbu kasallikni o’z vaqtida davolashni boshlash va profilaktik choralarga amal qilish zarurligidan dalolat beradi.

Pankreatitni tashxislash usullari

Tashxisiy jarayonlarga teri qoplamlarini tashqi tekshirish, uning quruqligini, elastikligi, rangi o’zgarishlarini aniqlash, bemorlarning tilini ko’rikdan o’tkazish (pankreatitda bemor tili ustida oqimtir karash hosil bo’ladi va ta’m so’rg’ichlarining atrofiyasi qayd qilinadi) kiradi. Epigastriy sohasining va chap qovurg’a ostining yuzaki va chuqur palpatsiyasi pankreatitning klinik belgisi bo’lgan bosim paytida og’riq hislarining borligini aniqlash imkonini beradi.

Ko’rik va anamnezni yig’ishdan keyin pankreatit tashxisini qo’yish uchun laboratoriya va instrumental usullar belgilanishi mumkin. Ularga qonning umumiy va biokimyoviy tahlili, najas va umumiy siydik tahlili kiradi.

Erta laboratoriya diagnostikasi kasallik kuchayishining birinchi soatlarida namyoyon bo’ladigan qon va siydikdagi amilaza darajasi oshganligini aniqlash imkonini beradi. Yallig’lanish jarayoni boshlanganidan 2-3 kun o’tgach lipaza miqdori oshadi va uning balandligi uzoq muddatli kuchayishni ko’rsatadi. Bemorning qonida tripsin fermenti aniqlanishi a’zo to’qimalarining shikastlana boshlaganidan dalolat beradi.

Читайте также:  Как долго может быть холецистит и панкреатит

Kuchayishda bilirubin va qand miqdori ham oshgan bo’ladi, najasada qisman parchalangan, hazm qilinmay qolgan oqsil, yog’, uglevodlar aniqlanishi me’da osti bezi yetishmovchiligini ko’rsatadi.

Umumiy qon testi juda informatsion emas, lekin fermentlarni va ularning yetishmasligi oqibatlarini ko’rsatmasa ham, leykotsitlar sonini va eritrositlar cho’kish tezligini ko’rsatadi. Ikkala ko’rsatkich ham pankreatitda oshgan bo’ladi.

Instrumental diagnostika usullari

Instrumental tashxis a’zoning o’lchamini, unda kiritmalar, kistoz shakllanmalar mavjudligini, to’qimalar tuzilmasi (bezli, biriktiruvchi yoki nekroz belgilari bilan), yallig’lanish jarayoniga atrofdagi a’zolarning jalb qilinganligi va ularning umumiy holatini aniqlash imkonini beradi.

Pankreatitda instrumental diagnostika usullariga quyidagilar kiradi:

  • Qorin bo’shlig’i organlarining ultratovush tekshiruvi (UTT);
  • Rentgenografik tekshiruv;
  • Ezofagogastroduodenoskopiya (EGDS);
  • Endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (ERXPG);
  • Kompyuterli va magnit-rezonansli tomografiya;
  • Laparoskopiya.

Qay bir usulning tanlanishi alomatlarning ifodalanish darajasi va kasallikning umumiy klinik tasviriga asoslanadi.

Agar to’qimalarning sezilarli nekrozi mavjudligi aniqlansa, biopsiyali material olish uchun teri orqali punktsiya amalga oshiriladi va material bakteriologik tahlil, nekroz tabiatini aniqlash, infektsion agentning muayyan dori guruhlariga sezgirligini aniqlash uchun ishlatiladi.

O’tkir va surunkali pankreatitni davolash

Pankreatitning o’tkir va surunkali shakllarida davolash usullari klinik simptomatika, pankreatitning og’irlik darajasi, etiologiyasi, hamrohlik qiluvchi kasalliklar mavjudligi, bemorning umumiy salomatligi va yoshiga qarab farq qiladi.

O’tkir pankreatitni davolash faqat statsionar sharoitda amalga oshiriladi. O’tkir pankreatitda birinchi ko’rsatma — bir necha kun davomida to’liq ochlik saqlash. Jarrohlik statsionarida bo’lish nafaqat parhezni nazorat qilish va tegishli dorilarni  buyurish, balki kasallik jiddiy tus olsa va bemorning hayotiga tahdid soladigan bo’lsa, favqulodda yoki rejalashtirilgan ravishda jarrohlik aralashuvini o’tkazish imkonini beradi.

Pankreatitda xirurgik davolash usullari nekrozga uchragan to’qimalarni olib tashlash, drenaj tizimini o’rnatishdan iborat.

Kasallikning o’tkir bosqichida ishlatiladigan preparatlar

Kasallikning o’tkir shaklini dori-darmonli davolashda yo’naltirilgan ta’sirli preparatlar kursi belgilanadi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • Yallig’lanish jarayonlarini oldini olish uchun sitostatiklar;
  • Og’riq qoldiruvchilar, spazmolitik preparatlar, xolinolitiklar, o’tkir og’riq xurujlari bo’lsa, narkotik guruh vositalari ishlatilishi mumkin;
  • Antisekretor preparatlar, asoratlar rivojlanishi va a’zo to’qimalarining nekrozga uchrashi ehtimolini kamaytirish uchun oshqozon osti bezi fermentlari ingibitorlari ishlatiladi;
  • Yallig’lanish jarayonining yoyilishida, infektsiya qo’shilishda, yiringli o’choqlarning rivojlanishida antibiotiklar belgilanadi;
  • Qonda ovqat hazm qilish fermentlari mavjudligi bilan chaqirilgan intoksikatsiyani bartaraf etishga mo’ljallangan preparat eritmalarini kiritish, parenteral oziqlantirish, vena ichiga elektrolitlar eritmalari, muhim aminokislotalarni kiritish.

Kasallikning surunkali shaklini dorilar bilan davolash

Surunkali retsidiv pankreatitning remissiya davrida o’z vazifasini yetarli darajada bajarmayotgan me’da osti bezi fermenti preparatlari buyuriladi. Pankreatit bilan kasallangan bemorga qay turdagi preparat va qanday dozada tayinlanishi qon, siydik va najasning laboratoriya tekshiruvlari natijalariga asoslanadi. Shu bilan bir qatorda, hazm qilish jarayonlarini me’yorlashtiradigan, ichak motorikasini kuchaytiradigan, kislota-asos balansini tiklaydigan dori vositalari ham buyuriladi. Vitaminli terapiya qo’llaniladi: A, C, D, K, E vitaminlari va B guruhi vitaminlari saqlagan preparatlar.

Davolashning muhim tarkibiy qismi — spirtli ichimliklarni, yog’li, achchiq taomlarni iste’mol qilish qat’iy cheklangan parhezga amal qilishdir. Surunkali shaklning kuchayishida bir-ikki kun to’liq ochlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Pankreatit alomatlarining chekinishi butunlay tuzalib ketganlikni anglatmaydi va ratsionda taqiqlangan mahsulotlarni qo’shish uchun o’rinli sabab emas.

O’tkir pankreatitda birinchi yordam

Kasallik o’tkir shaklining dastlabki alomatlari paydo bo’lishida darhol  shoshilinch tibbiy yordam guruhi chaqirilisho kerak. Ular kelguniga qadar quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:

  • Hech narsa iste’mol qilmaslik, ichmaslik kerak, chunki bu oshqozon osti bezi shirasi ishlab chiqarilishiga sabab bo’ladi va natija vaziyatni sezilarli darajada og’irlashtirishi mumkin;
  • Gorizontal holatga o’tish (qayt qilish xuruji bo’lsa — yonbosh holatga), agar og’riqni yengillashtiradigan bo’lsa, tizzlarani qoringa tortib olish mumkin;
  • Qorin bo’shlig’i mushaklarinini bo’sh qo’yishga harakat qilish;
  • Qoringa sovuq narsa qo’yish: paket, sochiq, plastmassa idish, grelkaga solingan muz, bu yallig’lanish tarqalishi tezligini kamaytiradi.

Og’riq sindromini bartaraf etish uchun dori vostilari ichish tavsiya etilmaydi, birinchidan, ular xuruj boshida samara bermaydi, ikkinchidan, bunday dorilar klinik tasvirning informativligini kamaytiradi va tashxis qo’yishni qiyinlashtiradi. Agar chidab bo’lmasa, spazm kuchini kamaytirish uchun spazmolitik preparatlardan foydalanish mumkin: drotaverin (drotaverin, no-shpa), spazmalgon. Dori-darmonlar qabul qilinsa, kelgan mutaxassislarni bundan xabardor qilish kerak.

Surunkali pankreatitning kuchayishida birinchi kunning umumiy qoidasi uch so’z bilan ifodalanadi: sovuq, ochlik va dam olish. Bu yallig’lanish rivojlanishini kamaytirishga, remissiya holatiga qaytishga yordam beradi. Biroq, o’tkir pankreatitda davolanish faqat mutaxassislar nazorati ostida shifoxonada olib borilishi kerak.

Pankreatitda ovqatlanish tartibi

Pankreatitda buyurilgan parhezga rioya qilish davolashning asosi hisoblanadi. Ovqatlanish qoidalariga amal qilmasdan kasallikni na davolab bo’ladi, na rivojlanishini sekinlashtirib.

Parhez yordami bilan oshqozon osti bezining ishlashini to’g’irlash, kasallikning qanday kechishini nazorat qilish mumkin. Parhez pankreatitning kuchayishi tugashida, remissiya bosqichida belgilanadi. Pankreatitning surunkali shakli butun umr davomida parhez qoidalariga rioya qilishni talab qiladi.

Pankreatit xuruji og’irligiga qarab, 2-5 kungacha to’liq ochlik saqlashni talab etadi. Ikkinchi kundan boshlab iliq ishqorli suv, toza suv, na’matatkning kuchsiz damlamalarini ichishni boshlash mumkin. 3-6 kun ichida yaxshilanishlar bo’lsa, sut, shakar, yog’ va boshqa ta’m kuchaytirgichlarisiz suyuq donli bo’tqalar ruxsat etiladi.

Xuruj boshlanishining oltinchi kunida ratsion yog’siz bulyonlar, vegetarian sabzavotli sho’rvalar, yengil baliqlar, achchiq bo’lmagan choy va shifokor tomonidan tavsiya etilgan boshqa mahsulotlarni qo’shish bilan kengaytirilishi mumkin. Keyinchalik, kasallikning bosqichiga qarab, umumiy parhez belgilanadi.

Surunkali pankreatitning remissiya bosqichida ovqatlanish ferment yetishmovchiligi sharoitida ishlaydigan ovqat hazm qilish tizimining tahlili natijalariga asoslanadi.

Remissiya davrida parhez

Ovqatlanishning umumiy qoidalariga quyidagilar kiradi:

  • Kuniga iste’mol qilinadigan oziq-ovqatning umumiy miqdori hazm qilish tizimining ishlashini yengillashtirish uchun 5-6 kichik, taxminan teng qismlarga bo’linadi;
  • Ovqat harorati tana harorati bilan qariyb teng bo’lishi kerak, hech qanday holatda 60 °C dan oshmasligi kerak, issiq va sovuq taomlar tavsiya etilmaydi;
  • Kasallikning kuchayishiga sabab bo’ladigan yog’li, achchiq, qovurilgan taomlar, kolbasalar, dudlangan mahsulotlar, konserva, yarim tayyor mahsulotlar, ziravorlar miqdorini maksimal ravishda cheklash, dag’al kletchatkaga boy mahsulotlar (oq karam, dukkaklilar va hokazo), kofeinli va gazlangan ichimliklar, spirtli ichimliklar, shokolad, yog’li kremli shirinliklar va shunga o’xshash mahsulotlarni taomnomadan chiqarib tashlash;
  • Qattiq ovqatni yumshoq bilan almashtirish: qaynatilgan yoki bug’da pishirilgan sabzavotlar va mevalar, pyure-sho’rvalar va hokazo;
  • Oqsillar (tana vazni, yosh, jismoniy faoliyati, pankreatitning bosqichi va o’ziga xos xususiyatlariga qarab 60-120 g), uglevodlar (300-400 g) va yog’larning (umumiy miqdorda 60g) kunlik me’yoriga rioya qilish.

Surunkali pankreatitda taomnomaga quyidagi mahsulotlarni kiritish kerak:

  • Birinchi yoki ikkinchi navli undan tayyorlangan, ozgina quritilgan bug’doy noni (yangi uzilgan non emas);
  • Ezilgan sabzavotli sho’rva-pyurelar;
  • Qaynatma yormalar, donlar: guruch, grechka, ingichka shakldagi makaronlar, suli;
  • Qaynatilgan yoki bug’da pishirilgan yog’siz go’sht, baliq, tovuq, kurka turlari;
  • Bug’da yoki pechda pishirilgan tuxum oqidan omlet;
  • Qaynatilgan, pechda pishirilgan sabzavotlar (kartoshka, qovoq, lavlagi, sabzi, kabachki, patisson);
  • Yog’ligi va nordonligipast bo’lgan, bo’yoqlar va konservantlarsiz tabiiy sut mahsulotlari (tvorog, prostokvasha, kefir), kam yog’li va achchiq bo’lmagan pishloq turlari, oz miqdorda yog’siz sut (faqat taomga yoki choyga qo’shilganda);
  • Cheklangan miqdorda sariyog’ ​​va kungaboqar moyi;
  • Ko’p ham nordon, shirin bo’lmagan meva va rezalar, masalan, nordon bo’lmagan olma;
  • Asal, murabbo, djem, mevali jele, muss va boshqalar.
Читайте также:  Панкреатит диета для ребенка

Pankreatitda ichimlik sifatida suv, yengil damlangan choy, gazsiz ishqorli mineral suv, na’matak qaynatmasi, sabzavotli, mevali sharbatlar, kompotlar, nordon bo’lmagan morslar, mutaxassis tavsiyasiga ko’ra o’simlik damlamalari va tindirmalari tavsiya etiladi.

Taqiqlangan oziq-ovqatlar va mahsulotlarga qayta ishlov berish tamoyillari

Bemorlarga pankreatitning har qanday bosqichida cho’chqa, qo’y, g’oz, o’rdak go’shti, qo’ziqorin, sarimsoq, otquloq, tuzlama va marinadlar, turp, dukkaklilar, yangi karam, uzum va uzum sharbati, margarin, qahva, kakao, dolchin, banan, muzqaymoq va sharbatlar tavsiya etilmaydi. Alkogolli ichimliklar iste’moli haqida butunlay unutish kerak.

Mahsulotni to’g’ri tanlash va tayyorlash pankreatitning barcha shakllarida remissiyaga erishishga yordam beradi va kuchayishlar, retsidivlar ehtimolini kamaytiradi. Retseptlarning ko’pligi taomnomani turlicha qiladi va cheklov mavjudligi deyarli sezilmaydi.

Surunkali pankreatitning kuchayishida birinchi kun to’liq ochlik belgilanadi va u simptomatikaning pasayishi sayin har ikki soatda kichik miqdorda isitilgan ishqorli suv ichish bilan to’ldiriladi. Kuchayish bosqichining tugashi bilan avaylovchi ratsionga qaytiladi, dastavval suyuq bo’tqalar, sabzavotli pyurelar,  yog’siz baliqdan boshlanadi.

Pankreatitda bir ovqatlanish davomida turli xil oqsillarni aralashtirish tavsiya etilmaydi, masalan, baliq va pishloq, mol va tovuq go’shti va hokazo.

Pishirish kerak bo’lganda qayta ishlov berishning afzal usullari mahsulotni maydalab qaynatish yoki bug’da pishirish sanaladi. Talab bo’yicha maydalash, pyure holatiga keltirish ikki marta: tayyorlashdan oldin va keyin amalga oshiriladi.

Pankreatitni oldini olish

Pankreatit — davolashdan ko’ra oldini olish osonroq bo’lgan kasallikdir. Oshqozon osti bezining yallig’lanish kasalliklarini oldini olish uchun to’g’ri va sog’lom ovqatlanish, ovqat hazm qilish tizimi, boshqa tizimlar va a’zolarda buzilishlarga olib keladigan omillarni cheklash yoki bartaraf etish, infektsion kasalliklarning oldini olish, sog’lom turmush tarziga rioya qilish va har qanday noqulaylik yoki og’riq sezilganda shifokorga o’z vaqtida murojaat qilish kerak.

Remissiya bosqichida surunkali pankreatitning kuchayishini oldini olish uchun nafaqat shifokor tomonidan belgilangan dorilarni qabul qilish va parhez tutish, balki sanatoriyalarda davolanish, yiliga kamida ikki marta gasteroenterolog tekshiruvidan o’tib turish ham kerak.

Источник

В группе 4 696 участников

Ошкозон касалликлари – панкреатит белгилари даволаш..
Панкреатит – ошкозон ости безининг яллигланиши окибатида келиб чикадиган жиддий касаллик.
Бунда ошкозон ости бези ишлаб чикараётган, овкат хазмланиши учун зарур булган ферментлар ун икки бармокли ичакка тушмай колади ва
уз-узини емира бошлайди.
Шунингдек, ажралаётган фермент ва захарли моддалар конга тушиб, бошка аъзоларга хам зарар етказиши мумкин.
Шуни хам унутмаслик керакки, ошкозон ости бези кондаги канд моддаси микдори ошиб кетмаслиги учун масъул булган гормон — инсулинни ишлаб чикаради.Панкреатитнинг келиб чикиш сабаблари куп:
Спиртли ичимликлар ичиш;
Захарланиш (айтайлик, дори воситаларидан);
сафро хайдаш тизими касалликлари (ут пуфагида тошлар булиши);
ёг алмашинувининг бузилиши;
ошкозон ости безининг шикастланиши (коринга каттик зарба берилганда);
кон томирлари касалликлари ёки юкумли хасталиклар ривожланиши
совук таомлар истеъмол килиш.
Касаллик хуруж килишига эса ёгли, ковурма овкатлар ейиш, туйиб овкатланиш, грипп, рухий сикилиш ва асабийлашишлар хам сабаб булиши мумкин.
Куз ва киш мавсумларида инсон танаси харорат кутарилиб-тушиши окибатида заифлашади.
Шу сабабли купчилик сурункали касалликлар катори панкреатит хам кайта хуруж килиши мумкин.
АЛОМАТЛАРИ..
Пакреатитнинг уткир ва сурункали тури мавжуд. Уткир панкреатитда ошкозон ости бези сохаси ва киндик атрофида каттик, уткир огрик туради. Шунингдек, бемор бирор нарса танаввул килгач, кайт килиши мумкин.
Тана харорати кутарилади, тери окариб, нафас сикади, корин катталашади.Сурункали панкреатитда огрик вакти-вакти билан, овкатланишдан сунг 30-40 дакика утгач пайдо булади.
Огрик купинча уткир, аччик, шур ва ковурма овкатлар истеъмол килгандан сунг пайдо булади. Беморнинг кунгли айнийди, огзида тахир таъм сезади, куввати камаяди, кайфияти ёмонлашиб, ланжлик сезади.Касаллик кузгалганда огрик кучаяди, айникса, кечкурун бир неча соатгача безовта килиши мумкин.
Купинча панкреатитга чалинган беморларнинг ичи юмшайди, ошкозон, ичакда ел йигилади, огзи курийди.
ХАВФЛИМИ?
Касалликни уз вактида даволамаслик ошкозон ости безига катта зарар етказади. Ошкозон ости бези яхши ишламаслиги натижасида модда алмашинуви хам бузилади. Шу аснода ошкозон ости бези инсон саломатлигида мухим урин тутувчи инсулин гормонини хам ишлаб чикаришини унутмаслигимиз зарур. Ушбу без фаолияти бузилганда эса инсулин кам микдорда ишлаб чикариш функцияси бузилади, натижада кондаги канд моддаси микдори ошади.
Уткир панкреатит билан огриган бемор зудлик билан шифокорга мурожаат этиши ва унинг назорати остида даволаниши шарт.
Тугри, огрик колдирувчи дорилар ёрдамида кучайиб бораётган огрикни йукотиши мумкин, аммо бу вактинчалик холат, холос.
«Кандай даволанай?»
Сурункали панкреатитдан азият чекувчи беморлар ёгли ва ковурилган овкатларни, таркибида кофеин булган махсулотларни истеъмол килишлари мумкин эмас.
Касаллик кузгалган вактда бемор 2-3 кун мобайнида аччик чой, кам газланган минерал сув (илитилган) ва наъматак дамламасидан бошка нарса истеъмол килмаслиги лозим. 4 кундан кейингина кунига 5-6 марта оз-оздан овкатланиш мумкин.
Ширинликлар танаввули хам чекланиши керак.
Ёгсиз гушт, балик, катик, чучук творог, тузсиз пишлок, турли дуккаклилардан пиширилган буткалар ва сабзавотли таомларни танаввул килиш керак.Мевалардан—пустлоги арчилган олма, банан курук мевалар, компот, нордон булмаган шарбатлар ичиш мумкин.
Сурункали панкреатит билан огриган бемор мунтазам пархез килиб, дориларини уз вактида ичиши талаб этилади.
Коки ути илдизи, мойчечак, тиллабош, маврак, арпабодиён, буймадарон, кийик ути, карикиз, ялпиз, далачой, кора зира ва маккажухори попугини дамламаси панкреатитда яхши фойда беради.
Эрмон утидан 1 чой кошигини, бир стакан кайнаган сувда дамланг, 2 соат давомида тиндириб, кун давомида ярим стакандан ичинг.
Сулини ёрмасини (овсянка) кечкурун 1 ош кошигини бир стакан кайнаган сувда ивитиб куйинг ва эрталаб нонуштадан аввал бу сувни ичинг.

ПАНКРЕАТИТДА ТАВСИЯ.
2 дона маккажўхорини ювиб, попукларидан ажратмай, юмшагунча қайнатинг.
Сўнг сабзавот қайнатилган сувни, бир кунда уч марта бир стакандан ичиб юринг, маккажўхорини эса ейишингиз мумкин.

Ошкозон ости бези касалланганда ёки « Панкреатит »да пархез.

Ошкозон ости бези яллигланганда ,яьни Панкреатитда овкатланиш борасида нафсга берилмаслик керак.
Бир карашда мазали,аммо ошкозон-ичак тизимини зуриктирадиган огир таомлар урнини хазми енгил булган махсулотлар билан тулдиришга урганиш зарур.

МУМКИН.
Ошкозон ости бези нонушта,тушликни яхши кабул килса-да,кечки овкатни унча хуш курмайди.
Айникса ,кечки соат 19дан кейин овкат тановул килиш тавсия этилмайди. Таомлардан димлама, егсиз гуштли кайнатма ва бугдойли буткалар фойдали.
Нонни котириб,урвогини киймали дулма,котлет ичига кушиб ,истеьмол килиш мумкин.Сабаби янги епилган нон таркибидаги ачиткилар ошкозон ости бези фаолиятини огирлаштиради.

Сутда пиширилган буткалар:
Гуручли-ошкозон деворини ураб,огрикни камайтиради,организмдан зарарли моддаларни тез чикаради.
Гречихали-юрак ва кон томирларига кувват булади. Бугдой(манний)ермали –ошкозонни зуриктирмаган холда туйдиради.
Сули ёрмали-конда канд микдорини камайтиришга ёрдам беради.
Катик,творог,зардоблар.Мевали мураббо,компот,наъматак ёки кора зиркдан тайерланган дамламалар.

МУМКИН ЭМАС.
1.Ёгли ,ковурилган таомлар(палов,ковурилган товук,кази-карта,ёгли гушт,куй гушти).
2.Ёгли кайнатмалар,утки рва аччик таъмли салатлар,кетчуп ва майонезлар,тузламалар.
3.Колбаса,сосиска,калла-поча махсулотлари.
4.Ёнгок,писта,дуккаклилар(мош,ловия,нухат).
5.Янги пишган нон,ширинликлар.
6.Газли ичимликлар,кахва,кора чой,спиртли ичимликлар.
7.Уткир хидли зираворлар ва кукатлар,нордон таъмли мевалар.8.Сабзавотлардан(турп,редиска,шолгом).

ПАРХЕЗНИ КУТАРОЛМАСАМ НИМА КИЛАЙ?
Хамма касалликларнинг негизида нотугри овкатланиш етади.
»Огрикни енгиш учун «МЕЗИМ» ичсам хаммаси утиб кетади»десангиз адашасиз.
Бу дорилар 1-2 овкат хазм килишда ердам берсада ,дорига урганиш боис жигар фаолиятини ишдан чикариши мумкин..

Источник